"Vodiy futboli": Ashurmatov istefoga chiqmoqchi
03 iyu 2015 14:30
Yangiliklar


"Vodiy futboli": Ashurmatov istefoga chiqmoqchi
"Neftchi": O'tgan yilgi natija yaxshilandi
Farg'onaning "Neftchi" klubi 15ta o'yinida 33 ochko oldi va dastlabki davrani 3-o'rinda tugatdi.
O'tgan yil jamoa butun mavsumda (26ta tur) 28 ochko to'plagandi. Jamoa bir davra ichida o'tgan yilgi natijani yaxshilay oldi.
"Neftchi" ikkinchi davrani G'uzorda "SHo'rtan"ga qarshi bahs bilan boshlaydi.
"Qo'qon-1912": Legionerlarimiz "Paxtakor"ga qarshi o'ynay olmaydi
Xabaringiz bor, 5 iyul kuni "Qo'qon-1912" o'z maydonida "Paxtakor"ni qabul qiladi.
Kecha jamoaning ikki nafar legioneri Igor Golban va Vladimir Argun o'z yurtiga jo'nab ketgani haqida xabar bergandik.
Ushbu o'yinchilar qoldirilgan bahsda qo'qonliklarga yordam bera olishmaydi.
"Navbahor": Baxtiyor Ashurmatov istefoga chiqmoqchi
"Lokomotiv" - "Navbahor" (5:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar ustozi ishdan ketish niyatida ekanini malum qildi.
"Balki bugungi bahs "Navbahor"dagi so'nggi o'yinim bo'lishi mumkin. Rahbariyat bilan uchrashuvdan so'ng barchasi malum bo'ladi. Balki yangi murabbiy kelsa jamoaning natijalari yaxshilanar. Hech kim meni ketishimni so'ramadi, shunchaki shaxsan o'zim shunday o'ylayapman", - deydi Ashurmatov.

Fikrlar