So’nggi yangiliklar

11:09Доминикан Республикаси ОТЖ сардори Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади  5 10:44Даврон Ҳошимов иккинчи даврани Суперлигада ўтказади  6 10:10«Сурхон» ўтган йилги легионерини ортга қайтарди  4 09:37«Барселона» «отмен»! Нико Уильямс келажаги борасида бир қарорга келди  3 09:05«Бухоро» «Андижон» футболчиси билан шартнома тузди  2 08:32Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси Япония билан жанговар дуранг ўйнади  5 07:58Испанлар Европани «забт этишди». «Қизил фурия» икки кун ичида иккита «Евро»да ғалаба қозонишди  8 07:26Ўртоқлик учрашуви. «Қўқон-1912» «Сўғдиёна»ни мағлуб этди   1 01:48"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини 14 млн евро эвазига харид қилишга тайёр, аммо...  3 01:21"Милан" сардори "Галатасарой"ни рад этди. Турк клуби ҳимоячига "Милан"дагидан кўпроқ маош таклиф қилганди  1 00:51"Комо" Рафаэль Вараннинг трансферини эълон қилди  3 00:22"Жирона" "Тоттенхэм" форвардини ижарага олиш бўйича келишувга эришди  1 23:51"Манчестер Юнайтед" яқин вақтларда Санчонинг тақдирини ҳал қилади  1 23:21"Барселона" собиқ футболчиси "Ювентус"га ўтишга яқин  1 22:55Мбаппесиз: "Реал" АҚШдаги турне учун таркибини эълон қилди  4

Vladimir Baenko: “Buxoro”ga kelganimdan afsuslanmayman” Yangiliklar

Vladimir Baenko: “Buxoro”ga kelganimdan afsuslanmayman”

Joriy mavsum milliy chempionatimizda debyut mavsumini o'tkazayotgan Vladimir Baenko qisqa fursat ichida “Buxoro”ning o'yiniga moslashib ketgani tahsinga loyiqdir.

27 yoshli ukrainalik legioner xatto jamoasini maydonga sardor sifatida boshlab tushmoqda. Markaziy himoyachi o'z vazifasini sidqidildan bajarish bilan birga, bazida raqib darvozasini ham ishg'ol etish orqali, ajralib turibdi. Yaqinda Baenko bilan uchrashib, bir qator savollarga javob oldik.  

- Vladimir, kuni-kecha bo'lib o'tgan “Mashal” – “Buxoro”  uchrashuvi  haqidagi  fikringizni bildirib o'tsangiz.
- O'zingiz ham ko'rdingiz, o'yin oson bo'lmadi. Raqibimiz, o'z uyida osonlikcha taslim bo'lmaydigan jamoalardan biridir. Muborakliklar ham xuddi “Buxoro” singari ikkinchi davrada deyarli mag'lubiyatsiz odimlamoqda. SHuning uchun bo'lsa kerak, o'yin og'ir kechdi. Lekin bu - futbol. Durang yoki mag'lubiyat bu - Sen xarakatdan to'xtading degani emas. Maqsadga erishish uchun oxirigacha kurashamiz.   

- Aytingchi, “Buxoro” safarda shu kuni ikki ochko yo'qotdimi yoki bir ochko ishladimi?
-  O'yin uch xil natijani ko'rsatib turdi. Bizda  yutish,  durang yoki  mag'lub bo'lish extimoli bor edi. Lekin bahs yakunda durang natija bilan tugadi. Yuqorida aytib o'tganimdek, “Mashal” bilan bo'lgan uchrashuv juda og'ir kechdi. SHuning uchun yuqoridagi savolga javob berish men uchun ozgina qiyin. Nazarimda biz ochko yo'qotdik. Umuman oxirgi ikki turda “Dinamo”  va “Mashal”ga qarshi bahslarda biz qimmatli ochkolarni boy berdik. Biroq shukurki, eng asosiysi mag'lub bo'lmadik. 


- Penalti belgilangan vaziyatga jamoa sardori sifatida qanday munosabatdasiz?
-  O'ziz ham agar kuzatgan bo'lsangiz, “Dinamo” bilan  o'z uyimizda o'ynaganimizda bizning foydamizga penalti berishmadi. Ha to'g'ri, o'sha vaziyatda qo'l bilan xatolik bo'ldi. Garchi himoyachi qo'li bilan o'ynamagan bo'lsada, to'p uni qo'liga tegdi. Biroq xorij futbolida bunaqangi vaziyat uchun albatta penalti belgilanadi. Har bir vaziyatni  hakam hal qiladi. Yani to'p qo'liga tegdimi? Penalti!  Ular buni hammasini hisobga olishadi. To'p va o'yinchi orasidagi qancha masofa? Qo'lga qanchalik yaqin, yoki yonidan o'tdimi? Bularni barini ular ko'rib chiqishadi. SHuning uchun ularda qandaydir tur xil epizod bor. Agar “Dinamo” bilan bo'lgan uchrashuvda bosh hakam o'yinchi qo'li bilan o'ynamadi desa, nima farqi bor baribir to'p darvoza tomon bordiku.  Menimcha u xohlaydimi yo'qmi,  to'p qo'lni topdimi yoki qo'l to'pni topdimi bu penalti demakdir.  SHuningdek “Mashal” bilan bo'lgan uchrashuvda ham huddi shunga o'xshash vaziyat yuzaga keldi. Bu 100% penalti edi. Biroq bu oyoq bilan bo'ldi. O'yinchi to'pni olishga ulgurmay  oyog'idan urishdi va buni ko'rgan hakam vaziyatni to'g'ri baholab 11 metrli nuqtani ko'rsatdi. Muborakdagi hakamning ishi qonikarli edi u juda to'g'ri ishladi. CHunki bu hakamlar bilan birinchi marta ishlamayapmiz.  Ochig'ini aytsam, menga bu hakamlarning o'z ishini bexato bajarishi juda yoqadi. Qolganini nazoratchilar hal qiladi. Har kim o'z vazifasini bajaradi.

- “Buxoro”da bu yil ilk mavsumingizni o'tkazyapsiz. Taassurotlaringiz qanday?  
-  Legioner sifatida shuni ayta olamanki, bu erga kelgan ilk kunlarimda  “Buxoro” jamoasi haqida  menda malumot juda kam edi. Jamoa haqida deyarli bilmasdim. Albatta, internet ijtimoiy tarmoqlari orqali o'qib, kuzatib borar edim. Lekin shu kunga qadar birorta tanishim  O'zbekiston futbolida o'ynamagan.  Bemalol ayta olamanki, bu jamoada o'ynayotganimdan afsusda emasman. Aksincha “Buxoro” jamoasi shaxsan menga juda yoqadi. Murabbiyimiz ham, jamoadoshlarim ham. Bu erga kelganimdan so'ng yaxshi va yomon vaziyatlar, turli xil xolatlar ko'p bo'ldi. Bir tomondan biz birinchi davrada qoniqarli darajada ishtiroq etdik.  Lekin ochko jihatidan  ozgina orqada qoldiq. Hech qisi yo'q, biz  baribir  buni shunday qoldirmaymiz. CHempionatni oxirigi turiga qadar kurashamiz. CHunki jamoamizning har bir o'yinchisi chin yurakdan maydonga tushmoqda. Eng avvalo ishqibozlarni xursand etish uchun, Buxoro sharafi uchun va barcha O'zbekistonning futbol muxlislari uchun o'ynaydi. Raqibning kuchli yoki kuchsiz,  turnir jadvalida yuqori yoki pastda ekanligini umuman ahamiyati yo'q. Ularni doimo xurmat qilamiz.


- Tan olish kerak, “Buxoro”ning ijobiy natijalari zamirida qaysidir manoda ashaddiy ishqibozlarining ham xissasi beqiyos bo'lmoqda. Fikrimizni Siz ham tasdiqlasangiz kerak?
- SHu kunga qadar oliy ligada barcha jamoalar bilan o'ynadik. Ularning har birini muxlislarini ko'rdim. Lekin maktanish emas-ku, Buxoro ishqibozlarichalik  futbol muxlislarini boshqa shaxarlarda kuzatmadim. CHunki bunaqangi ko'p mingli sonli (17000 – 20000) ishqibozlarni faqat  Buxoroda ko'rdim. Ularni shijoatini, jamoa uchun har narsaga tayyorligini ko'rib qoyil qoldim. Har bir uy o'yinlarimizda tomoshabinlarimiz stadion tribunasini deyarli to'ldirib o'tirishi, har birimizga qo'shimcha kuch bag'ishlamoqda. O'z navbatida biz ham ularni xursand etish maqsadida astoydil o'ynamoqdamiz.

“Buxoro” matbuot xizmati.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика