Vitaliy Levchenko: "Jamoaning har bir azosi professional kayfiyatda bo'lishi kerak"
12 apr 2024 23:44
Yangiliklar
Vitaliy Levchenko: "Jamoaning har bir azosi professional kayfiyatda bo'lishi kerak"
O'yin haqida
- G'alaba bilan jamoa muxlislarini va azolarini tabriklayman. Yaxshi o'yin o'tkazdik. Raqib Pro-liga klubi edi, bizga yaxshi qarshilik ko'rsatishdi. Uchrashuvni to'liq nazorat qilishga urindik, deyarli shunday bo'ldm. G'alaba jamoa uchun motivaciya bo'ladi. Yana bir bor barchani g'alaba bilan tabriklayman.
- Ikkinchi bo'lim boshidanoq o'zgarishlarga sabab nima?
- O'yinda tezkorlikni kuchaytirishimiz zarur edi. Ko'rdingiz, tez harakat qiladigan futbolchilarni maydonga tashladik. O'yinimiz yanada kuchaydi, nazoratni qo'limizga oldik.
- Klubda qarzdorliklar borligi haqida gap-so'zlar yuribdi. Bunga munosabatingiz qanday?
- Jamoaning har bir azosi professional kayfiyatda bo'lishi kerak. Individual suhbatlarda, yig'ilishlarda yigitlarga buni tushuntiramiz.
- Sanjar Qodirqulovning goli sizga maqul keldimi?
- Albatta, bu gol juda chiroyli chiqdi. Takidlash joiz, golda ijrochining mahorati alohida ahamiyat kasb etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar