Vitaliy Dyakov: "Fayzullayev yorqin o'yin namoyish etib kelmoqda, biroq uni barqaror futbolchi deb aytolmaymiz"

Sherzod Nurmatov
5 dek 2024, 17:52
"Rostov" sobiq futbolchisi Vitaliy Dyakov "Monako" SSKA vingeri Abbos Fayzullayevga qiziqish bildirayotgani haqidagi ma'lumotga izoh berdi.

Avvalroq Fransiya klubi O'zbekiston terma jamoasi futbolchisi uchun taxminan 15 mln evro taklif qilishga tayyorligi haqida xabar berilgandi. Biroq SSKA 21 yoshli futbolchini qishki transfer oynasida sotishni rejalashtirmayapti. 

Eslatib o'tamiz, Fayzullayev joriy mavsum "qizil-ko'klar" uchun 22 o'yinda qatnashib, 3 ta to'p kiritdi hamda 6 ta golga assistentlik qildi.

"Bizda o'zini ko'rsatgan futbolchini top-chempionatlarga sotishni boshlashlari odatiy holat. Fayzullayev yorqin o'yin namoyish etib kelmoqda, biroq uni barqaror futbolchi deb aytolmaymiz. Unda yaxshi o'yinlar ham, yomon o'yinlar ham uchraydi. "Monako"ga o'tib, ijarama-ijara yurish boshqa narsa. Uni hozirdan "Monako" o'yinchisi demagan bo'lardim. Kelajakda hamma narsa bo'lishi mumkin", – dedi Dyakov.

Aldonin: "Abbos Fayzullayev o'tgan mavsumdan beri o'z darajasini ko'rsatib kelmoqda"

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: football.kulichki.net