Vitaliy Denisov: Fenerbaxche juda kuchli emas, Sporting undan kuchliroq edi
26 fev 2016 08:30
Yangiliklar


Vitaliy Denisov: Fenerbaxche juda kuchli emas, Sporting undan kuchliroq edi
Lokomotiv himoyachisi Vitaliy Denisov Evropa ligasi 1/16 finalidan o'rin olgan Fenerbaxchega qarshi o'yindan so'ng (1:1, dastlabki o'yin - 0:2) o'z fikrlarini bildirdi.
- Maydonda ustunlik qildik. Fenerbaxche uydagidek o'ynamadi. Ko'plab imkoniyatlardan foydalana olmadik. Keraksiz gol o'tkazib yubordik. Umuman olganda yaxshi o'ynadik!
- Tanaffusda murabbiy nima dedi?
- Birinchi taymda kichik jarohat olgandim, shu bois shifokorlar yordamini olayotgandim. SHu bois murabbiyning ko'p gapini eshita olmadim.
Fenerbaxche juda kuchli jamoa emas. Menga Sporting kuchliroq tuyuldi. Hozir nima desak ham barchasi bahonadek yangraydi, – deydi Denisov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar