Vitaliy Denisov: Bu bolalar bog'chasi emasku

Narzulla Saydullayev
12 sen 2016, 09:22
Lokomotiv himoyachisi Vitaliy Denisov Spartakka (0:1) qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

– Birinchi bo'limda kurashlarda yutqazdik. Ikkinchi bo'limda ko'proq hujum uyushtirik, ammo gol ura olmadik.

- Sizning qanotda o'zgarishlar ko'p bo'lmoqda – Kolomeycev, Maykon, Kasaev. Bunday vaziyatda sizga qiyin emasmi?

– Bu oddiy holat. Barcha yigitlar bilan birga o'ynaganman. Murabbiyga bu emas, bu bilan o'ynamoqchiman deb aytmaymanku. Bu bolalar bog'chasi emas.

- Spartakdan qabul qilingan mag'lubiyat ruhiy tomonlama qanday?


– Men jamoalarni ajratmayman. Har qanday mag'lubiyat – uch ochko yo'qotilishidir, shu bois bu jamoadan yutqazdik yoki bu jamoadan yutqazdik deb ajratish mantiqsizlik, – deydi Vitaliy Denisov klub rasmiy saytiga.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fclm.ru