Vitaliy Denisov: "Afsuski, hisob kichik bo'ldi"
04 sen 2015 14:41
Yangiliklar
Vitaliy Denisov: "Afsuski, hisob kichik bo'ldi"
O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Vitaliy Denisov Yaman terma jamoasiga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Aytishim mumkinki, bugun ko'plab vaziyatlarga ega bo'ldik. Biroq ulardan foydalana olmadik. Bunga sabab balki bir-birimizni tushunmaganimizdir, balki asablar. Lekin, 90 daqiqa davomida o'yin borishini nazorat qilib bordik. Raqibga o'yin berganimiz yo'q. Umuman olib qaraganda, o'yinni yomon o'tqazmadik. Afsuski, hisob shunday kichik bo'ldi.
Yangi bosh murabbiy haqida fikrlarim? Murabbiyni faqat tabriklashim mumkin. U bilan ilk marotaba ishlashim. Umuman, murabbiylar borasida hech qachon fikr bildira olmayman.
Filipinnga qarshi o'yin hozirdanoq boshlanadi. Bugungi o'yinni tahlil qilib, o'rganib chiqishimiz lozim", - deydi Vitaliy Denisov.

O’xshash yangiliklar
02:00
Azizbek Erimbetov: "Keyingi bahsda biz oldingidan-da yaxshiroq o'yin ko'rsata olamiz deb o'ylayman" 3
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar