Vitaliy Mutko: "Kapello yangi shartnomaga rozilik bildirdi"
23 dek 2013 23:43
Yangiliklar

Vitaliy Mutko: "Kapello yangi shartnomaga rozilik bildirdi"
Rossiya Federaciyasining sport ishlari bo'yicha vaziri Vitaliy Mutkoni aytishicha, Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kapello yangi shartnomani maqullagan.
Murabbiyning amaldagi shartnomasi 2014 yilda o'tkaziladigan jaxon chempionati yakunlangach, o'z kuchini yuqotadi.
"Yangi shartnoma Kapelloga taqdim etildi. Hozirda Rossiya futbol federaciyasi shartnoma tasdiqlanadigan kunni aniq belgilab bersa bo'ldi. O'ylaymanki, yangi yil bayramidan keyin murabbiy va Rossiya FF o'rtasidagi kelishuv amalga oshadi. Barcha masala echib bo'lingan va bu ishni ortga surishga hech qanday hojat yo'q", - deydi Mutko "R-Sport"ga bergan intervyusida

Fikrlar