So’nggi yangiliklar

21:36"Боруссия" АПЛдан 25 млн еврога ўйинчи сотиб олиши мумкин  0 21:08Жек Грилиш "Эвертон"га ўтиши мумкин  0 21:00Суперлига. "Пахтакор" – ОКМК (матнли трансляция)  34 20:37"Реал Мадрид" Родриго бўйича бирорта клубдан таклиф олмагани маълум бўлди  4 19:51"Эспаньол" Лукас Васкесни таркибга қўшиб олмоқчи  0 19:22МЮ "Лейпциг"га Шешко учун катта сумма таклиф қилди  1 18:49Суперлига. "Пахтакор" – ОКМК. Таркиблар маълум  6 18:36"Ювентус" Тоналини харид қилмоқчи  1 18:09ФИФА собиқ ҳаками вафот этди  0 17:46Диёра Ҳабибуллаева – "Севинч" аъзоси!  0 17:30Суперлига. 17-тур дисквалификациялари: "Динамо", "Сўғдиёна" ва "Андижон"да йўқотишлар бор  0 17:13МЮ "Реал" футболчиси учун йирик таклиф билан чиқмоқчи  7 16:44"Андижон" собиқ футболчиси фаолиятини Черногорияда давом эттиради  2 16:16"Реал" собиқ ҳужумчиси Греция жамоасига ўтди  0 15:48Манба: Ўзбекистон МТЖнинг CAFA турнири учун эҳтимолий таркиби  20

Vital Borkelmans: "Iordaniyani Qatardagi Jahon chempionatiga olib borishga harakat qilaman" Yangiliklar

Vital Borkelmans: "Iordaniyani Qatardagi Jahon chempionatiga olib borishga harakat qilaman"

Osiyo Kubogi nimchorak finali doirasidagi Iordaniya - Vetnam (1:1, penaltilar seriyasi 2:4) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida Vital Borkelmans ishtirok etdi.

Birinchi taymda yaxshi o'ynadik, ko'plab vaziyatlar yaratdik. Ikkinchi taymda esa qarshi hujumda o'ynadik. Ahmoqona ishlar bilan shug'ullandik. Vetnam munosib o'ynab g'alaba qozondi.

Vetnam terma jamoasi ikkinchi taymda bizdan yaxshiroq o'ynadi. Bazi futbolchilarimiz juda ham sust harakat qilishdi. SHu bois ham ular musobaqani davom ettirishadi, biz esa uyga ketamiz. Mag'lub bo'lish alamli, guruhda birinchi o'rinni olganimizdan so'ng chorak finalga chiqishga umid qilgandik.

Kecha men kuchli jamoa keyingi bosqichga chiqadi degandim, to'g'ri. Bugun hozirgina aytganimdek futbolchilarim ahmoqona harakatlar qilishdi. Vetnam bugun omadliroq bo'ldi.

Bugun jamoalar 120 daqiqa davomida maydonda kurash olib borishdi. Iordaniya bosh murabbiyi ekanimdan o'yindan oldin ham xursand edim, mag'lubiyatdan keyin ham xursandman.

Vetnam safida 3-4 nafar kuchli futbolchi bor. Ularning ismlarini ayta olmayman. Vetnam yaxshi jamoa, Osiyo Kubogida ular uzoqqa borishi mumkin. Bu kelajak jamoasi, tarkibida ko'p yosh futbolchilar bor.

Iordaniya terma jamoasini boshqarishda davom etamanmi yoki ketamanmi hozir bir narsa deya olmayman. Ammo shunday kuchli jamoada imkon qadar ko'proq qolishga umid qilaman. 2022 yil Iordaniyani Qatardagi Jahon chempionatiga olib borishga harakat qilaman", - deydi Vital Borkelmans. 



Reyting: -9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика