Virjil van Deyk: "Liverpul" durangni o'ylamaydi"
10 noy 2019 16:11
Yangiliklar


Virjil van Deyk: "Liverpul" durangni o'ylamaydi"
"Liverpul" himoyachisi Virjil van Deyk APLning 12-turi doirasida "Manchester Siti"ga qarshi o'yindan oldingi fikrlarini bildirdi.
"Ularning solayotgan xavfi anchagina yuqori. Ular chempionlar, tarkibi anchagina sifatli, ajoyib reja, fantastik murabbiy, fantastik futbolchilar. Ularni mag'lub etish qiyin bo'ladi.
6 ochkolik farq hech nimani bildirmaydi. Biz durangni o'ylash yoki muhokama qilishdan yiroqmiz. Har bir o'yinda g'alaba qilishni istaymiz.
O'yinlarni yutib, turnir jadvalidagi holatimizni ajoyib qilib olganimizdan mamnunmiz. Bosh murabbiy haq, bizning fikrimiz navbatdagi o'yinda bo'lishi kerak. Bu fikr kelganimdan buyon o'zgarmadi.
Muxlislarni tushunamiz, biroq o'tgan mavsumdagi kabi afsuslanishimiz shart emas. "Manchester Siti" bizni 1 ochkogagina ortda qoldirdi. Ularni hurmat qilish kerak", - dedi van Deyk.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar