Vinisius – Solari: "Berilgan imkoniyat va yordam uchun rahmat"
12 mar 2019 02:36
Yangiliklar


Vinisius – Solari: "Berilgan imkoniyat va yordam uchun rahmat"
"Real" hujumkor yarim himoyachisi Vinisius Junior klubning sobiq bosh murabbiyi Santyago Solariga minnatdorchilik bildirdi.
"Hammasi uchun rahmat! Menga yordam berganingiz uchun, "Real"ga kelganimda ishonch bildirib, imkoniyat yaratib berganingiz uchun rahmat aytaman. Yaratgan sizni qo'llasin. Hayotdagi eng yaxshi tilaklarga loyiqsiz", - deya Vinisius tvitterdagi sahifasida izoh qoldirdi.
Bugun Solari istefoga chiqarildi. Uning o'rnini Zinedin Zidan egalladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar