"Vilyarreal" 12 mln evro evaziga "Reyms"ning eng yaxshi to'purarini xarid qildi
15 iyu 2021 10:16
Yangiliklar
"Vilyarreal" 12 mln evro evaziga "Reyms"ning eng yaxshi to'purarini xarid qildi
"Vilyarreal" "Reyms" bilan forvard Bulaye Dianing transferi borasidagi kelishuvni elon qildi.
Ispan klubi 24 yoshli Senegal terma jamoasi o'yinchisi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi.
Transfermarkt malumotiga ko'ra, "Vilyarreal" Dia uchun 12 mln evro to'ladi.
Dia o'tgan mavsum Liga 1 doirasida "Reyms" safida 36ta o'yinda 14ta gol urib, jamoaning eng yaxshi to'purariga aylangandi.
Eslatib o'tamiz, "Vilyarreal" Evropa Ligasining amaldagi g'olibidir.
Fikrlar