So’nggi yangiliklar

00:49Мбаппе жароҳат сабаб Франция терма жамоаси билан машғулот ўтказмади  0 00:18Рональд Куман Натан Аке "Ман Сити"ни тарк этиши лозимлигини айтди  0 23:47Жейми Каррагер: "Аморимнинг янги йилгача ишдан хайдалиши муқаррар"  2 23:20Шенсни "Барса"га ўтишни хоҳламаганини ва бунга уни рафиқаси мажбур қилганини айтиб берди  2 22:47Миллий жамоанинг Каннаваро қўл остидаги бугунги машғулотларидан ГАЛЕРЕЯ  5 21:50Ямал "Реал"га қарши ўйнаши кутилмоқда  0 21:25"Арсенал" ва Райя ваниҳоят янги келишувга эришишди  1 20:55Жорди Альба мавсум якунида футболчилик фаолиятини якунлашини эълон қилди  2 20:23Гаттузо Каннаваронинг Ўзбекистон терма жамоасига тайинлангани ҳақида гапирди  13 19:58Хаби Алонсо "Реал"дан Вирцни кузатишни сўради  4 19:35Дракслер: "Қатарда нормал ҳаёт кечиришим мумкин..."  9 19:09"Арсенал" "Эмирейтс" стадионини кенгайтирмоқчи  0 18:42Лэмпард қўл остидаги "Ковентри" Чемпоиншипда пешқадамлик қилмоқда  1 18:13Петер Шмейхель: "Биз ўйнаган даврда жамоага мавсумда 10 очко келтиришимиз кутиларди, сўнгги йилларда бунинг аксига ўрганиб қолдик"  0 17:45Футзал. Ўзбекистон Тошкентда Қозоғистон билан ўйнайди  1

Villian: "Ukraina finalga loyiq edi. Biz nafaqat jismonan, balki ruhan charchaganmiz. So'nggi paytlarda umrimiz mehmonxonada o'tdi" Yangiliklar

Villian: "Ukraina finalga loyiq edi. Biz nafaqat jismonan, balki ruhan charchaganmiz. So'nggi paytlarda umrimiz mehmonxonada o'tdi"

Futzal bo'yicha jahon chempionati 1/2 finali doirasida Ukrainaga qarshi o'yindan so'ng (3:2) Braziliya terma jamoasi darvozaboni Villian saytimizga intervyu berdi.

"Ukrainaga qarshi juda qiyin o'tkazdik. Biz hali bunchalik mashaqqatga duch kelmagandik. G'alaba qozonish uchun ko'p ter to'kdik. Ukraina ajoyib o'yin ko'rsatdi. Afsuski, bazi xatolarga yo'l qo'ydik va bu o'z darvozamizdan to'p o'tkazib yuborishimizga olib keldi. Bu esa holatimizni yanada og'irlashtirdi. Ammo bizda tajribali o'yinchilar bor, shu bois, kerakli natijaga erishish uchun nimalarga etibor qaratish zarurligini yaxshi bilardik. Jamoamiz birdamlik ko'rsata oladi. Biz g'alabaga loyiq edik. Ukraina ham finalda ishtirok etishga loyiq edi. G'alaba qozonganimizdan xursandman, endi dam olamiz va narigi qarama-qarshilikda nima bo'lishini ko'ramiz.

Bugun kutilgandek o'yin ko'rsata olmaganimizga charchoq tasir qildi, chunki biz nafaqat jismonan, balki ruhan charchaganmiz. Turnirga jiddiy tayyorgarlik ko'rdik. Ikki oy Braziliyada mashg'ulotlar o'tkazdik, keyin ketma-ket safarlar, o'rtoqlik o'yinlari tashkil etildi. Bizning umrimiz mehmonxonada o'tadigan bo'lib qoldi va og'ir o'yinlar tufayli jismoniy toliqish boshlandi. Bugun, afsuski, birinchi bo'limni ko'ngildagidek o'tkaza olmadik, ammo ikkinchi bo'limni juda yaxshi boshladik. Muhimi, ikkinchi bo'limda vaziyatni o'z tomonimizga og'dirish uchun kuch topa oldik va o'yin tizginini o'zgartirdik. Natijada g'alaba qozondik. 

Braziliya jahon chempionatlarida hujumkor o'yini, mahoratli va yuqori driblingga ega o'yinchilari bilan diqqat markazida bo'lib kelgan. Ammo mazkur mundialda asosiy kuchimiz — himoya ekanligi namoyon bo'ldi. Biz hamisha yaxshi himoyalanganimiz uchun turnir davomida kam gol o'tkazib yubordik. SHunday ekan, yaxshi mudofaalanish va himoyadan hujumga o'ta olish muvozanati bizni finalga olib chiqdi. SHunday ekan, g'alabalar va unvonlar tajribasiga asoslanib, himoya har doim hujumdan ko'ra muhimroq ekanligini qayd etmoqchiman", dedi terma jamoa asosiy darvozaboni.

Eslatib o'tamiz, Braziliya finalda Argentina — Franciya juftligi g'olibi bilan to'qnash keladi.


Oqil Abdubarnoev suhbatlashdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика