Viktoriya Bekxem eriga "Manchester Siti" libosini sovg'a qildi
22 iyu 2019 12:43
Yangiliklar


Viktoriya Bekxem eriga "Manchester Siti" libosini sovg'a qildi
Qo'shiqchi va "Manchester Yunayted" klubi sobiq futbolchisi Devid Bekxemning xotini Viktoriya eriga "shaharliklar"ning libosini sovg'a qildi.
Libosning tepasiga "Dave" deb yozilgan. Suratdan ko'rinib turganidek, futbolchi sovg'adan mamnun emas.
Bekxem "Manchester Yunayted" tarkibida 14ta sovringa ega chiqqan. "Real" bilan esa Ispaniya chempioni va mamlakat superkubogini qo'lga kiritgan. SHuningdek, "Los-Anjeles Gelaksi"da ham o'ynagan.
Futbolchi Angliya terma jamoasida 100tadan ortiq o'yin o'tkazgan. Afsonaviy Bekxem faoliyatini 2013 yil yozda yakunlagan edi.
44 yoshli Bekxem kelasi yildan MLSda ishtirok etuvchi "Inter Mayami" klubi xo'jayini hisoblanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar