Viktor Kumikov: "So'nggi daqiqalarda g'alaba golini urib ketayotganimizni sababi..."
13 may 2022 22:03
Yangiliklar
Viktor Kumikov: "So'nggi daqiqalarda g'alaba golini urib ketayotganimizni sababi..."
Pro liganing navbatdagi turidan o'rin olgan "SHo'rtan" - "Andijon" (0:1) uchrashuvidan so'ng matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Viktor Kumikov fikrlarini bildirdi.
"Birinchi bo'limda mezbonlar uyda o'ynayotgani bois ko'proq hujum qilishi malum edi. Ikkinchi bo'limda esa o'yinni va natijani o'z tomonimizga og'dira oldik. "SHo'rtan"ni ko'p o'yinlarini ko'rdik. Ular barcha uchrashuvlarda yaxshi harakat qilishmoqda. Raqibdan kelib chiqib bugungi o'yinga taktika tanladik.
Uchta o'yindan beri so'nggi daqiqalarda g'alaba golini urib ketmoqdamiz. Bu jismoniy holatimiz yaxshi ekanligidan dalolat.
Bubanya va Miloyka yaxshi o'ynadi. Milich esa ko'p narsa o'xshamadi. Hujumkor uslubga moslashgan futbolchi. Bunday paytda yarim himoyachilar ham yordam kelishi kerak. Keyingi uchrashuvlarda o'zini ko'rsatadi, deb o'ylayman",- deydi Kumikov.
Fikrlar