Viktor Kumikov - may oyining eng yaxshi murabbiyi
07 iyu 2017 11:51
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/258225_original.jpg)
![](/upload/storage/258225_220.jpg)
Viktor Kumikov - may oyining eng yaxshi murabbiyi
Bahor faslining so'nggi oyida "Olmaliq" oliy ligada to'rtta o'yin o'tkazib umuman mag'lubiyatga uchragani yo'q. Dastlab jamoa o'z maydonida Samarqandning "Dinamo" klubi ustidan 2:0 hisobida g'alabaga erishdi.
Muborakda nomdor klublar mag'lubiyatga uchrab qaytayotgan bir paytda "Olmaliq" safarda "Mashal" bilan durang qayd eta oldi - 0:0.
Toshkent viloyati derbisida "Metallurg" 1:0 hisobida mag'lub etishdi. Nihoyat oyning oxirgi o'yinida "Olmaliq" G'uzorda "SHo'rtan"ni taslim qilib qaytishning uddasidan chiqdi.
Etibor qilganingizdek, o'tgan oyda Kumikov shogirdlari oliy ligada o'z darvozasidan umuman gol o'tkazgani yo'q. Boshqa hech bir klub o'tgan oy bunday natija bilan maqtana olmadi.
O'tgan oyda "Lokomotiv" murabbiylar shtabi, Jasur Abduraimov "Paxtakor" va No'mon Hasanov "Qo'qon-1912" ham ancha yaxshi ishlashdi.
Eslatib o'tamiz, mart oyida oliy ligada "Dinamo" murabbiylar shtabi, aprel oyida "Qo'qon-1912" ustozi No'mon Hasanov eng yaxshi bo'lishgandi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar