"Atletiko" o'z uyida "Malorka"ni tor-mor etdi
25 jan 20:13
Yangiliklar
"Atletiko" o'z uyida "Malorka"ni tor-mor etdi
Ispaniya La Ligasining 21-turi doirasida Madridning "Atletiko" klubi o'z maydonida "Malorka"ni qabul qildi va 3:0 hisobidagi ishonchli g'alabani qo'lga kiritishdi.
"Sivitas Metropolitano" stadionida kechgan bahsda Diego Simeone shogirdlari to'liq ustunlik qilishdi. 22-daqiqada hujumchi Aleksandr Syorlot hisobni ochgan bo'lsa, 75-daqiqada mehmonlar himoyachisi David Lopes o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ydi. Uchrashuvga yakuniy nuqtani 87-daqiqada yarim himoyachi Tyago Almada qo'ydi.
Ushbu g'alabadan so'ng "matraschilar" 44 ochko bilan turnir jadvalida 3-o'rinni mustahkamlab olishdi. "Malorka" esa 21 ochko bilan 16-pog'onada bormoqda.
Navbatdagi turda "Atletiko" 31 yanvar kuni safarda "Levante" mehmoni bo'lsa, "Malorka" 2 fevralda "Sevilya"ni qabul qiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Саудиянинг "Ал-Аҳли" клуби Винисиус Жуниорга 1 миллиард евро миқдорида шартнома таклиф қилмоқчи
ЕЧЛ. "Барселона" бироз асабий ўтган ўйинда "Славия"ни мағлубиятга учратди
2024/2025 йилги мавсумнинг энг сердаромад 20 та футбол клуби эълон қилинди
Расман: "Металлург" қайта тикланди
Fikrlar