Arteta: "Gyokeresh o'zidan kutilayotganlarni oqlashga harakat qilmoqda"
17 jan 09:55
Yangiliklar
Arteta: "Gyokeresh o'zidan kutilayotganlarni oqlashga harakat qilmoqda"
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta hujumchi Viktor Gyokeresh o'zidan shubhalanishni boshlamaganini aytdi.
"Yo'q, buni ko'rmadim. U o'ziga juda talabchan inson va biz uchun qanday darajada bo'lishi kerakligini yaxshi biladi.
Viktor o'zidan kutilayotganlarni oqlashga harakat qilmoqda. U qattiq harakat qilyapti va bu barqaror davom etyapti. U "Chelsi"ga qarshi yaxshi o'yin o'tkazdi va gol urib, g'alaba uchun katta yordam berdi.
Viktor o'ziga bir necha yillik vazifalar qo'ygan va bu yo'lda barcha uni qo'llab-quvvatlashini biladi", - dedi Arteta.
London jamoasi forvardi Angliya Liga kubogining dastlabki yarim final uchrashuvida "Chelsi" darvozasiga gol urdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Навбаҳор" сафарда "Пахтакор"ни мағлуб этди
Суперлига. "Нефтчи" "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Искандеров ўйинни ҳал қилди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Fikrlar