So’nggi yangiliklar

07:35Мутолаа учун. Раньери, Моуриньо, Карпин. Шомуродов энди туркиялик мураббий билан ишлайди. Аввалги мутахассислар билан қандай саргузаштлар бўлган?  0 01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  3 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  5 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  4 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  8 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  6 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  5 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  3 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0

Viktor Jalilov: “Natijadan qoniqmadim, g'alaba qozonishni xohlagandim” Yangiliklar

Viktor Jalilov: “Natijadan qoniqmadim, g'alaba qozonishni xohlagandim”

Teglar :  Viktor Jalilov
Coca Cola Superliga 23-turidan o'rin olgan “Mashal” va “Navbahor” (0:0) jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan keyin “lochinlar” bosh murabbiyi Viktor Jalilov o'yin haqidagi fikrlarini bildirib o'tdi





- “Mashal” jangovar, yaxshi shakllangan jamoa, tabir joiz bo'lsa, “chaqilmas yong'oq”. Bugungi durang adolatli bo'ldi. Mezbonlar imkoniyatlarga ega bo'lishdi, darvozabonimiz qutqardi. Biz uyushtirgan hujumlar paytida esa “Mashal” posboni ishonchli harakat qildi. Umuman olganda, maydonda yaxshi kurash kechdi, - deydi Viktor Jalilov.

- Azimjon Ahmedov nega almashtirildi?

- U og'ir o'tgan kasallikdan so'ng endi-endi avvalgi formasiga qaytmoqda, to'liq ikki bo'lim to'p tepishga kuchi etmasligi tushunarli. SHu bois, uni almashtirishga majbur bo'ldik.

- Bugungi o'yinda sizni qoniqtirmagan jihatlar bo'ldimi?

- Albatta, natijadan qoniqmadim, g'alaba qozonishimizni xohlagandim. Lekin “Mashal” ham yutuq uchun astoydil harakat qildi. Maydon egalari tarkibida o'zgarishlardan keyin ular faollikni oshirishdi, to'pga ko'proq egalik qilishdi. Bizda ham, vaziyatni o'z tomonimizga og'dirish uchun imkoniyatlar bo'ldi. Meni qanoatlantirmagani – hujumlarning so'nggi pallada yakunlanmay qolishi, gol urganimizda, g'alaba qozonardik.

- Davron Hoshimov chetlatildi va endi keyingi o'yinda jamoaga yordam berolmaydi...

- Afsuski, shunday. Nima ham qila olardik, hakam shunday qaror chiqargan ekan, ko'nishdan o'zga chora yo'q.

- Bugungi o'yinni diskvalifikaciya sabab o'tkazib yuborgan futbolchilarning yo'qligi nechog'li bilindi?

- Quvondiq Ro'ziev va Kosta Guttiner boshlang'ich tarkib futbolchilari. Albatta, har bir futbolchi jamoa mexanizmiga o'z ulushini qo'shadi, agar bu ikki futbolchi hozir safimizda bo'lganida, o'yin boshqacha kechishi ham mumkin edi.

- 5 futbolchi almashtirish imkoni bo'laturib, zaxiradan faqat 3 o'yini maydonga tushirdingiz. Bu asosiy tarkibda o'ynaganlarning harakatlaridan qoniqqaningizni bildiradimi?

- O'yinning borishi shuni taqozo etdi, futbolchilarni almashtirishga ehtiyoj sezilmadi. Bazan zaxiradan tushganlarning o'yinga kirishib ketishlari oson bo'lmaydi.

- “Navbahor” kuchli beshlikka kira oladimi?

- Bu oson bo'lmaydi, uchrashuvlarda ochko yo'qotish vaziyatni yanada og'irlashtiradi. Lekin kurash hali oldinda, turnir jadvalidagi zichlik saqlanib turibdi, demakki, umid bor. Buning uchun g'alaba qozonish kerak.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика