So’nggi yangiliklar

00:19МЮ ёзда биронта ҳам ўйинчи сотмай, трансферлардан 24 млн евро ишлаб олди  0 23:45Беллингем елкасини операция қилдирди."Реал" ярим ҳимоячиси қанча муддатга сафдан чиққани маълум  2 23:23Расман: "Атлетико" 30 млн евролик трансферни амалга оширди  0 22:59Де Паул ҳам Мессининг ёнига боради. "Атлетико" ва "Интер Майами" келишиб олишди  1 22:35"Ливерпуль" Экитике бўйича "Айнтрахт" билан музокарага киришди  1 22:11Йоахим Левга яқин манба Ўзбекистон билан музокаралар бўлаётганини тасдиқлади, мураббийга маслаҳатчи лавозими таклиф қилинган – Sport24  72 21:50Расман: Ламин Ямал янги мавсум "Барселона" сафида 10-рақамда ҳаракат қилади  3 21:29Ислом Исмоилов: "Москвада маҳаллий клублар билан назорат учрашувлари ўтказамиз"  6 21:01Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Мираброр Усмонов хотира турнирига тайёргарликни давом эттирмоқда  2 20:25Ламин Ямал янги мавсум 10-рақамда ўйнашига ишора қилди(ми?)  1 19:48Иброҳим Йўлдошев - ОКМК футболчиси  2 19:14Суперлига. Биринчи давранинг эътиборга молик 5 воқеаси   6 19:12ЖЧ2026да 4 та танаффус бўлиши мумкин  7 19:00МЮ "Брайтон" ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда. "Милан" ҳам ушбу футболчи борасида маълумот йиғяпти  0 18:33Машарипов кичик жароҳат олди  1

Viktor Jalilov: "Etarlicha imkoniyatlar yaratilmoqda, ammo futbolchilar ulardan foydalanishda oqsashmoqda" Yangiliklar

Viktor Jalilov: "Etarlicha imkoniyatlar yaratilmoqda, ammo futbolchilar ulardan foydalanishda oqsashmoqda"

O'zbekiston Coca Cola kubogi guruh bosqichi 2-turi doirasidagi “Zomin” – “Navbahor” (1:2) uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanining dastlabki qismida “lochinlar” bosh murabbiyi Viktor Jalilov qatnashib, o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Kubok o'yinlari har doim oson kechmaydi, buni boshqa guruhlardagi uchrashuvlarda qayd etilayotgan hisoblar ham ko'rsatib turibdi. Quyi liga jamoalari Superliga klublarini mag'lubiyatga uchratishmoqda. Bugun “Zomin” ham Birinchi liga ishtirokchisi bo'lishiga qaramay, bizga jiddiy qarshilik ko'rsatdi. Umuman, bunday o'yinlarda oson g'alaba qo'lga kiritilmaydi, ayniqsa, bellashuv safarda kechadigan bo'lsa, mahalliy muxlislar o'z futbolchilarini qo'llab-quvvatlab turishadi. Zominda yaxshi stadion bor ekanligini alohida takidlamoqchiman, bu erga anchadan buyon kelmagandim, oxirgi marta Jizzaxdagi stadionda rekonstrukciya ishlari bajarilayotganda, “Paxtakor” bilan birga tashrif buyurgandim. Albatta, ijobiy o'zgarishlarni ko'rish yoqimli, tribunalar, maydon, kiyinish xonalari yaxshi ekan. Superliga darajasiga mos tusharkan. Taassurotlar ijobiy. 

Jamoamiz o'yini haqida gapiradigan bo'lsam, hujum chizig'ida sustkashlik kuzatilmoqda. Etarlicha imkoniyatlar yaratilmoqda, ammo futbolchilar ulardan foydalanishda oqsashmoqda. Har doim ham o'ylaganlarimizni amalga oshirishga imkon bo'lavermaydi. Asosiysi, futbolchilarda kuchli xohish bor, vaziyatni to'g'ri tushunib turishibdi. Hech bir o'yin oson kechmaydi. Vaqt o'tgani sari hujumlardan unumli foydalanish foizini ham oshirib boramiz", – dedi Viktor Jalilov.

- Birinchi liga vakili hisoblangan “Zomin” jamoasining o'yini, uslubi, futbolchilar darajasi haqida nima deya olasiz?

- Bugungi hisobning o'zi maydon egalarining bizga qanday qarshilik ko'rsatishganini namoyon etib turibdi. Hisobda ortda borayotganlariga qaramay, o'zlarini yo'qotib qo'yishmadi, gol urishni uddalashdi, qator vaziyatlar yaratishdi. “Zomin” joriy yilgi chempionatda hali ochko yo'qotmadi. Ikkita g'alaba bilan etakchilar safida borayotgani – bu tasodif emas, albatta. SHunday ekan, bu jamoada Pro ligaga chiqish uchun etarlicha salohiyat bor. Texnikasi va saviyasi yuqori bo'lgan futbolchilar bor. Bugungi uchrashuvda “Navbahor” futbolchilar darajasi, o'yinni tashkil etish bobida raqibdan ustun bo'ldi.

- Davronbek Hoshimovning birinchi bo'limdayoq almashtirilishi nima bilan bog'liq?

- Uning kichik jarohati bor. Mushaklarida og'riq sezgani uchun tavakkal qilishni istamadik, shu bois, majburiy o'zgarishga qo'l urdik. Umuman, bu holatni avvaldan inobatga olgandik, rejaga muvofiq, Abbosjon G'ulomovni maydonga tushirdik va u hujumning kuchayishiga ham sababchi bo'ldi.

Reyting: -12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика