VIDEO. “SHo'rtan”da CHilavertning izdoshi etishib chiqmoqda
12 apr 2017 13:08
Yangiliklar
VIDEO. “SHo'rtan”da CHilavertning izdoshi etishib chiqmoqda
“SHo'rtan” futbol maktabi tarbiyalanuvchisi va klub yoshlar jamoasi to'purar darvozaboni Akmal Rahimov haqida ko'pchilik eshitmagan bo'lishi mumkin. 1996 yilda tug'ilgan futbolchi darvozabon bo'lishiga qaramay xuddi afsonaviy posbonlar Xose Luis CHilavert va Rojerio Seni kabi jarima to'plarini bajarib turadi.
2015 yilgi mavsumda Akmal “Paxtakor” va “Andijon” yoshlar jamoalariga qarshi bahslarda jarima to'plarini qoyilmaqom bajarib o'z hisobiga ikkita gol yozib ko'ygan edi.
“Paxtakor” yoshlari bilan bo'lgan shiddatli bahsda ushbu darvozabonning jarima to'pini aniq nishonga olib 1:0 hisobida yagona goli evaziga jamoasiga navbatdagi yutug'iga xissa qo'shib tur qahramoniga aylangandi. Quyida ushbu gollarni tomosha qilishingiz mumkin.
TAS-IX
TAS-IX emas
Fahriddin CHoriev.
Fikrlar