Vidal ten Xag haqida: "Qanday qilib Krishtianu - eng yaxshi to'purarni olib tashlash mumkin? Kallar bilan ishlash juda qiyin" Yangiliklar

Vidal ten Xag haqida: "Qanday qilib Krishtianu - eng yaxshi to'purarni olib tashlash mumkin? Kallar bilan ishlash juda qiyin"

Teglar :  Arturo Vidal
Arturo Vidal Erik ten Xagning "Machester Yunayted"da Krishtianu Ronalduga bo'lgan munosabatini tanqid qildi.

Eslatib o'tamiz, Krishtianu Ronalduning MYU bilan shartnomasi portugaliyalik Pirs Morganga bergan mojaroli intervyusidan so'ng bekor qilingan edi. O'shanda futbolchi murabbiyni hurmat qilmasligini, chunki murabbiy uni hurmat qilmayotganini aytgan edi.

Intervyugacha Ronaldu ten Xag qarori bilan umumiy guruh mashg'ulotlaridan chetlatilgan edi, murabbiyning so'zlariga ko'ra, futbolchi "Tottenxem"ga qarshi bahsda zaxiraga olinishni xohlamagan ekan.

"Murabbiy noto'g'ri ish qildi. Qanday qilib Krishtianu Ronalduni olib tashlash mumkin?

U eng yaxshi to'purar, uni esa olib tashlashyapti. Kallar bilan ishlash qiyin" - deydi "Barselona" sobiq yarim himoyachisi.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика