Vidal "Inter Mayami"ga o'tishni xohlamadi
18 avg 2021 16:28
Yangiliklar
Vidal "Inter Mayami"ga o'tishni xohlamadi
Devid Bekxem rahbarlaridan hisoblangan "Inter Mayami" xavbek Arturo Vidalni o'z safiga qo'shib olmoqchi edi.
Milanning "Inter" klubi o'yinchisi taklif oldi, ammo shu zahoti unga rad javobini berdi. O'yinchi MLSga yo'l olmoqchi emas va faoliyatini "neradzurrilar" safida davom ettirmoqchi.
Arturo o'tgan mavsum "Inter" bilan A Seriya g'olibiga aylandi.
34 yoshli chililik futbolchining klub bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2022 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar