"Vest Xem" Yarmolenkoni sotishga qaror qildi
13 fev 2021 11:48
Yangiliklar


"Vest Xem" Yarmolenkoni sotishga qaror qildi
Londonning "Vest Xem" klubi ukrainalik vinger Andrey Yarmolenkoni sotishga qaror qildi.
Angliya klubi rahbariyati 31 yoshli futbolchi bilan xayrlashishga qaror qildi. Klub o'yinchining transferidan 5-6 million evro ishlab olmoqchi.
Andrey 2018 yildan beri "Vest Xem" sharafini himoya qiladi. Uning londonliklar bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Yarim himoya joriy mavsum APL doirasidagi 14ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi. Ukrainalik hozir jarohati sabab lazaretda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar