"Vest Xem" sardori mavsum oxirida jamoani tark etishi mumkin
12 fev 2021 20:55
Yangiliklar


"Vest Xem" sardori mavsum oxirida jamoani tark etishi mumkin
"Vest Xem Yunayted" jamoasi sardori Mark Nobl joriy mavsum oxirida faoliyatini yakunlashiga shama qildi.
"May oyida 34 yoshga to'laman. O'ynash uchun ko'p vaqtim yo'q, shuning uchun har daqiqadan zavq oligna harakat qilyapman. Balki, seshanba kuni o'tkaziladigan Angliya kubogi doirasidagi o'yin "Old Trafford"gi so'nggi uchrashuvim bo'lar", — tajribali futbolchining so'zlarini keltirdi "Goal".
Malumot uchun, Nobl — "Vest Xem" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U "bolg'achilar" jamoasi tizimida 2000 yildan beri o'ynab kelmoqda. 33 yoshli angliyalik yarim himoyachi London klubi uchun 518 o'yinda maydonga tushib, 60 gol va 61 ta samarali uzatmani amalga oshirgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar