"Vest Xem" Ronalduning MYUga o'tganidan foydalanib qolmoqchi
29 avg 2021 14:52
Yangiliklar
"Vest Xem" Ronalduning MYUga o'tganidan foydalanib qolmoqchi
"Vest Xem" hali ham "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Jessi Lingardni tarkibiga qo'shib olish haqida o'ylamoqda.
"Daily Star" xabariga ko'ra, londonliklar bu borada Krishtianu Ronalduning "Manchester Yunayted"ga qaytanidan foydalanib qolmoqchi. Aynan ushbu jihat Lingardning "Vest Xem"ga qaytishida yordam berishi mumkin.
Lingard o'tgan mavsumning ikkinchi qismini "Vest Xem" tarkibida ijara asosida o'tkazib, 16 o'yinda 9 gol va 5 assist qayd etdi.
Fikrlar