"Vest Xem" Lingardning transferi borasida MYU bilan muzokaralarni davom ettirmoqda
16 avg 2021 10:20
Yangiliklar
"Vest Xem" Lingardning transferi borasida MYU bilan muzokaralarni davom ettirmoqda
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Jessi Lingard faoliyatini "Vest Xem"da davom ettirishi mumkin.
Jurnalist Nikolo Skiraning malumotiga ko'ra, "bolg'a urarlar" 2020/21 yilgi mavsumning ikkinchi qismida ijarada o'ynagan 28 yoshli angliyalik futbolchi bilan shartnoma imzolashga harakat qilishmoqda.
"Manchester Yunayted"da Lingard bo'yicha ko'plab takliflar bor.
Futbolchi 2020/21 yilgi mavsum "Vest Xem" safida 16ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol va 5ta assist qayd etdi.
Fikrlar