"Vest Xem" Lingardning transferi borasida MYU bilan muzokaralarni davom ettirmoqda

Alisher
16 avg 2021, 10:20
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Jessi Lingard faoliyatini "Vest Xem"da davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Nikolo Skiraning ma'lumotiga ko'ra, "bolg'a urarlar" 2020/21 yilgi mavsumning ikkinchi qismida ijarada o'ynagan 28 yoshli angliyalik futbolchi bilan shartnoma imzolashga harakat qilishmoqda.

"Manchester Yunayted"da Lingard bo'yicha ko'plab takliflar bor.

Futbolchi 2020/21 yilgi mavsum "Vest Xem" safida 16ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol va 5ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira