Vermalen: "Barsa" - "Real" uchrashuvi eng mashhur sport voqeasi deb eshitdim"
28 mar 2016 18:45
Yangiliklar
Vermalen: "Barsa" - "Real" uchrashuvi eng mashhur sport voqeasi deb eshitdim"
"Barselona" himoyachisi Tomas Vermalen 2 aprel kuni "Real"ga qarshi bo'lib o'tadigan Primeroning 31-tur uchrashuvi haqida fikr bildirdi.
"Tottenxem" - "Arsenal" uchrashuvi Londonning eng yirik bahsi hisoblanadi, chunki har ikkala klub ham shaharning shimoliy qismida joylashgan. Ammo eshitishimcha, "Barselona" - "Real" o'yini jahonning eng mashhur sport voqeasi hisoblanar ekan.
6:2 hisobidagi g'alaba? Ha, bu uchrashuvni eslayman (2009). O'zim ham o'tgan yili "Santyago Bernabeu"dagi bahsda ishtirok etdim. Bu o'yinda biz ajoyib natijaga erishdik.
Albatta, barcha turnirlarda g'alaba qozonishni istaymiz, ammo biz navbatdagi har bir uchrashuvga bor etiborimizni qaratishimiz lozim. Agar uzoqqa qarashni boshlasak, o'yin kalavasini yo'qotib qo'yshimiz mumkin" - deydi Vermalen.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar