Antirekord! Tomas Frank - "Tottenxem" tarixidagi eng yomon murabbiy
11 fev 18:00
Yangiliklar
Antirekord! Tomas Frank - "Tottenxem" tarixidagi eng yomon murabbiy
"Opta Sport" taqdim etgan statistik malumotlarga ko'ra, u APL doirasida kamida 5 ta o'yin o'tkazgan murabbiylar ichida eng yomon natijani qayd etdi.
Raqamlar so'zlaganda:
Frank boshchiligida "Tottenxem" APLda 26 ta o'yin o'tkazib, atigi 29 ochko jamg'ardi.
Bu o'rtacha hisobda har bir o'yinga 1,12 ochko demakdir. Bu klub tarixidagi eng past ko'rsatkich!
Jamoaning APLdagi g'alabasiz seriyasi 8 ta o'yinga etdi.
Paradoks: Evropada boshqacha "Tottenxem" Qizig'i shundaki, ichki chempionatda 16-o'rinda borayotgan va jon saqlab qolish uchun kurashayotgan "shporlar" Chempionlar Ligasida mutlaqo boshqacha qiyofada namoyon bo'lishdi. Jamoa ECHLning umumiy bosqichida 8 o'yinda 17 ochko to'plab, 4-o'rinni egalladi va to'g'ridan-to'g'ri 1/8 final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Biroq APLdagi ayanchli holat rahbariyatning sabr kosasini to'ldirdi. Endi jamoa ham Evropada, ham ichki birinchilikda vaziyatni o'nglay oladigan yangi najotkorni qidirmoqda.
Sizningcha, Frankning muvaffaqiyatsizligiga nima sabab bo'ldi?
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. Ламин Ямалнинг голи "Барселона"га меҳмонда "Атлетик"га қарши ўйинда ғалаба тақдим этди
ЛаЛига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Сельта"ни қийинчилик билан мағлуб этди
“Ғалаба қозонишимизга ишончим комил”. Куртуа EЧЛда "Ман Сити"дан ўтиш учун "Реал"га нима кераклигини айтди
"Супер олтин тўп" 2029 йилда топширилиши мумкин
Fikrlar