Kapello Jahon chempionati arafasida Tuxelni ogohlantirdi
13 fev 15:22
Yangiliklar
Kapello Jahon chempionati arafasida Tuxelni ogohlantirdi
Biroq "uch sherlar"ning sobiq murabbiyi Fabio Kapello hozircha xursandchilik uchun asos ko'rmayapti. Italiyalik mutaxassis o'zining vorisiga futbolchilar kuzda mavsum oxiridagi kabi charchamasligini eslatib, ogohlantirish berdi.
"Tuxel milliy jamoani futbolchilarni holdan toydirmasdan Jahon chempionatiga olib chiqdi. Men aniq bilamanki, Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi bo'lgan paytimda sentyabr, oktyabr va noyabr oylarida dunyoning eng kuchli jamoalariga qarshi hech qanday muammosiz o'ynay olardik.
Ammo mart va aprel oylariga kelib futbolchilarda charchoq alomatlari paydo bo'la boshlaydi, iyunga borib esa ular doim juda charchab qoladi. Chunki Angliya ligasi jismoniy jihatdan juda talabchan. Ispaniya yoki Italiyadagidek matbuot bosimi kuchli emas, lekin Angliyadagi charchoq — bu sof jismoniy charchoq", – dedi Kapello.

Avvalroq Tomas Tuxel Angliya terma jamoasi bilan shartnomasini uzaytirgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Нефтчи" "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Искандеров ўйинни ҳал қилди
Суперлига. "Навбаҳор" сафарда "Пахтакор"ни мағлуб этди
Родриго тиззасидан операция қилинди
Ла Лига. Ламин Ямалнинг голи "Барселона"га меҳмонда "Атлетик"га қарши ўйинда ғалаба тақдим этди
Fikrlar
Argintina 1986 Meksika
Argintina 2022 Qatar,
Argintina 2026 Aqsh,Kanada,Meksika
Argintina + Messi = chempion