VAR hattoki Germaniyada ham yordam bermayapti
14 sen 2019 13:46
Yangiliklar
VAR hattoki Germaniyada ham yordam bermayapti
Germaniya chempionati doirasidagi "Fortuna" va "Volfsburg" klublari o'rtasidagi o'yinda to'p autga chiqib ketgandan so'ng ham gol hisoblandi.
Kecha bo'lib o'tgan o'yinning 16-daqiqasida dyusseldorfliklar yarim himoyachisi Mattias Zimmerman to'pni chiziqdan o'tkazib yubordi, ammo hakam o'yinni to'xtatmadi.
Natijada, hujum davom ettirildi va Niko Gisselmann "bo'rilar" darvozasini ishg'ol qildi.
"Volfsburg" o'yinchilarining etirozidan so'ng hakam VARga murojaat qildi, ammo shundan so'ng ham gol hisoblandi.
"Fortuna" va "Volfsburg" klublari o'rtasidagi o'yin 1:1 hisobi bilan yakunlandi.
Fikrlar