Garovda yutqazgan "Volfsberg" prezidenti sochini kalga oldirib tashladi

Mirjalol Normatov
13 dek 2020
"Volfsberg" prezidenti Ditmar Rigler futbolchilar bilan bahsda mag'lub bo'ldi va sochini kalga oldirib tashladi.

Gap shundaki, klub prezidenti jamoasining Yevropa ligasi pley-off bosqichiga chiqa olmasligini aytgan. Jamoa darvozaboni esa 1/16 finalga chiqishiga ishonishini aytib, bahs boylashgan. "Volfsberg" Yevropa ligasida SSKA, Zagrebning "Dinamo"si va "Feyenoord" bilan bir guruhdan o'rin olgandi.

Avstriya jamoasi 10 ochko to'plagan holda 2-o'rinni qo'lga kiritib, navbatdagi bosqichga yo'l oldi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal