Van Gal Runi va van Persini yarim himoyaga qo'ygani uchun Anri uni tanqid qildi
03 may 2015 14:19
Yangiliklar


Van Gal Runi va van Persini yarim himoyaga qo'ygani uchun Anri uni tanqid qildi
"Arsenal" sobiq hujumchisi Terri Anri "Manchester Yunayted" - "Vest Bromvich" uchrashuvida Ueyn Runi va Robin van Persi yarim himoyada o'ynagani uchun Lui van Galni tanqid qildi.
"Siz o'z maydoningizda "Vest Bromvich" bilan o'ynadingiz va mag'lub bo'ldingiz. Agar men "Vest Bromvich" futbolchisi bo'lib, van Persi va Runini yarim himoyada ko'rganimda xursand bo'lardim. Men ularni jamoa hujumlarini yakunlaydigan futbolchi sifatida bilardim. Biroq, ular maydon markazida qolishdi.
Van Galga transferlar uchun qancha kerak? Ular 200 million evro ishlatishdi. Jamoa yaxshi bo'lib qoldimi? Van Gal yana 2-3 nafar futbolchi olishi lozim. U qaysi chiziqqa futbolchi kerak ekanligini biladi deb o'ylayman", - deydi Anri.

Fikrlar