Van Gal: "Niderlandiya mag'lub bo'lishi mumkinligini his qilmadim"
22 noy 2022 00:31
Yangiliklar


Van Gal: "Niderlandiya mag'lub bo'lishi mumkinligini his qilmadim"
Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Lui van Gal Senegalga qarshi bo'lib o'tgan jahon chempionati o'yini (2:0) haqida fikr bildirdi.
"Mag'lub bo'lishimiz mumkinligini his qilmadim. Depay maydonga tushganidan so'ng g'alaba qozonsak kerak deb o'ylayotgandim. U hali ham bir o'zi vaziyat yarata oladiganlar safiga kiradi. Kutilganidek unga yarim soat vaqt berdik.
Ko'ramiz, Memfis Ekvadorga qarshi qanday holatda kelar ekan. U albatta tayyorman deydi, biroq Depayning salomatligi biz uchun muhim.
Hujumda Gakpo o'ynashi mumkin. U epchil va aqlli. Gakpo birinchi daqiqadayoq gol urishi kerak edi" - deydi murabbiy.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar