Van Gal: "Agar MYU "Bryugge"ni 2:1 hisobida mag'lub etganida, juda qiyin bo'lar edi"

Aslanov Jasurbek
19 avg 2015, 10:45
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Lui van Gal "Bryugge"ga qarshi Chempionlar ligasi saralash bosqichi uchrashuvi (3:1) haqida fikr bildirdi.

"Agar o'yin 2:1 hisobida yakunlanganida, juda qiyin bo'lar edi. "Manchester Yunayted" ko'prog'iga munosib, chunki juda ko'p imkoniyat yaratdi. Men doimo shu haqda gapiraman: Ko'p imkoniyat yaxshi, ammo ulardan foydalanish kerak. Uchinchi gol urilganidan mamnunman.

Memfis uchun juda xursandman, bu dubl u uchun juda muhim. Depayga vaqt kerakligini aytgan edim. U shu ruhda davom etadi. Memfis 21 yoshda, unga ishonaman" - deydi van Gal.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com