

"Agar o'yin 2:1 hisobida yakunlanganida, juda qiyin bo'lar edi. "Manchester Yunayted" ko'prog'iga munosib, chunki juda ko'p imkoniyat yaratdi. Men doimo shu haqda gapiraman: Ko'p imkoniyat yaxshi, ammo ulardan foydalanish kerak. Uchinchi gol urilganidan mamnunman.
Memfis uchun juda xursandman, bu dubl u uchun juda muhim. Depayga vaqt kerakligini aytgan edim. U shu ruhda davom etadi. Memfis 21 yoshda, unga ishonaman" - deydi van Gal.



