Van Deyk: "Vilyarreal"da aql bovar qilmas markaziy himoyachilar bor"
25 apr 2022 16:37
Yangiliklar


Van Deyk: "Vilyarreal"da aql bovar qilmas markaziy himoyachilar bor"
"Liverpul" himoyachisi Virjil van Deyk "Vilyarreal"ga qarshi ECHL yarim final o'yini oldidan raqib markaziy himoyachilari Pau Torres va sardor Raul Albiolni maqtadi.
"Ularning markaziy himoyachilari aql bovar qilmas. Men Raul Albiol va Pau Torres haqida gapiryapman. Ular fantastik darajada o'ynashadi va shu bilan birga juda ham tajribalilar.
Ular Parexo sabab maydon markazida o'zlarini xotirjam his qilishlari mumkin, agar hujum haqida gapirsak, ular juda ham tez", - deydi van Deyk.
Eslatib o'tamiz, "Liverpul" va "Vilyarreal" o'rtasidagi ECHL yarim final ilk o'yini 27 aprelda Angliyada bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar