Van Deyk: “Liverpul” chempionlikni bo'sh tribunalarda nishonlashi meni tushkunlikka tushiradi”
15 mar 2020 18:55
Yangiliklar
Van Deyk: “Liverpul” chempionlikni bo'sh tribunalarda nishonlashi meni tushkunlikka tushiradi”
“Livepul” himoyachisi Virjil van Deyk koronavirus pandemiyasi tufayli Premer-liga bahslari to'xtatilganiga munosabat bildirdi.
“Muxlislarsiz hech kim o'ynashni xohlamaydi. Agarda biz chempionlikni tomoshabinlarsiz stadionda qo'lga kiritsak, men tushkunlikka tushib qolaman. “Enfild”da muxlislarning bo'lmasligi, bu qattiq zarba.
Hozircha aniq bir qaror qabul qilinmaguncha, bunga ko'nishingiz kerak bo'ladi. CHempionat davom ettirilsa, albatta titulni muxlislarimizga sovg'a qilamiz”, deydi gollandiyalik.
Fikrlar