Van der Vart Maguayr haqida: "Havaskorlarning o'yinida huddi u kabi o'ynaydigan kamida 3 futbolchini ko'raman. Jiddiy aytyapman"
21 okt 2019 15:05
Yangiliklar


Van der Vart Maguayr haqida: "Havaskorlarning o'yinida huddi u kabi o'ynaydigan kamida 3 futbolchini ko'raman. Jiddiy aytyapman"
Gollandiya terma jamoasi sobiq o'yinchisi Rafael van der Vart "Manchester Yunayted" himoyachisi Xarri Maguayrni tanqid qildi.
"Yakshanba kuni havaskorlarning o'yinlarini kuzatganimda Maguayrdek o'ynaydigan kamida uch o'yinchini ko'raman. Jiddiy aytyapman.
Bu ahmoqonadek tuyulishi mumkin. Ammo, biz 90 million evroga sotib olingan o'yinchi haqida gaplashmoqdamiz. Agar u 90 million bo'lsa, Virjil 300 million evro turadi", - deydi van der Vart.
Eslatib o'tamiz, Angliya terma jamoasi himoyachisi yozda "Lester"dan MYUga o'tgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar