Van Bommel "Volfsburg"ni boshqaradi
28 may 2021 02:20
Yangiliklar


Van Bommel "Volfsburg"ni boshqaradi
"De Telegraaf"ning xabar qilishicha, "Volfsburg"ning yangi utozi Mark van Bommel bo'ladi.
44 yoshli niderlandiyalik ikki mavsumlik shartnoma tuzadi. U bilan ikki assistent va videotahlilchi ham keladi.
"Bavariya" sobiq xavbeki ikkinchi marta bosh murabbiy bo'lib ishlaydi. U 2018 yilning iyunidan 2019 yilning dekabrigacha PSVda ushbu lavozimda faoliyat yuritgan.
Bommel "Volfsburg"da jamoani CHempionlar Ligasiga olib chiqib, o'zi esa "Ayntraxt"ga o'tgan Oliver Glasnerni almashtiradi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar