“Valveyk” – “Ayaks” uchrashuvi mezbonlar darvozaboni jiddiy jarohat olgani sababli to'liq davom etmadi

Nozimov Nig'monxo'ja
1 okt 2023, 07:45
Kecha Niderlandiya chempionatining 7-turida “Valveyk” o'z uyida “Ayaks”ni qabul qildi.

Uchrashuvning 83-daqiqasida mezbonlar darvozaboni Eten Vassen mehmonlar hujumchisi Brayan Brobbining oyog'iga tashlanib, to'pni olib qo'ymoqchi bo'ldi. Biroq vaziyatda hujumchining tizzasi darvozaboning boshiga tegdi va Vassen o'sha zahoti xushidan ketdi.

Shifokorlar darvozabonga tezlik bilan yordam ko'rsatishga harakat qilishdi va shu tariqa, uchrashuv 83-daqiqada yakunlandi.

Hozircha futbolchining ahvoli haqida aniq ma'lumot berilmadi.

O'xshash yangiliklar


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: championat.asia