Valverde: “Grizmann ajoyib futbolchi. Biroq men “Barsa”ning hozirgi tarkibidan mamnunman”
18 noy 2017 14:25
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/289527_original.jpg)
![](/upload/storage/289527_220.jpg)
Valverde: “Grizmann ajoyib futbolchi. Biroq men “Barsa”ning hozirgi tarkibidan mamnunman”
“Barselona” bosh murabiyi Ernesto Valverde o'z jamoasida Antuan Grizmanni ko'rish haqidagi savolga javob berdi.
“Grizmann - ajoyib futbolchi. Har doim qaysidir futbolchining “Barselona” bilan kelishuvi haqida gap-so'zlar yuradi. Kuchli futbolchilar bilan shunday bo'lishi tabiiy. Biroq men hozirgi tarkibdan mamnunman. Ko'ramiz, keyinchalik nima yuz berarkin'', - deydi murabbiy.
Eslatib o'tamiz, shu haftada Grizmanning “Barsa” bilan kelishuvga erishgani haqida malumotlar yangragan edi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar