Valter Maccarri: "Milan" bizga katta bosim o'tkazdi"
23 dek 2013 18:00
Yangiliklar


Valter Maccarri: "Milan" bizga katta bosim o'tkazdi"
Milan derbisidagi g'alabadan so'ng "Inter" bosh murabbiyi Valter Maccarri o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashib, taymlar orasidagi 15 daqiqalik tanaffus uning jamoasi o'ziga kelib olishi va oqibatda g'alabani qo'lga kiritishida muhim rol o'ynadi.
"Rikardo Alvares maydonga tusha olmagani sabab maydon markazida boshqacharoq harakat qilishimizga to'g'ri keldi. Avvaliga "Milan" bizga katta bosim o'tkazdi. Mening futbolchilarim esa biroz asabiylashishdi. Jamoa ruxan uyg'otib yuborilishga muxtoj edi. Tanaffusda biz aynan shunday qildik. Ikkinchi bo'limda biz avvaldan qanday rejalashtirgan bo'lsak, shunday o'yin namoysh eta oldik", deya Maccarri so'zlaridan Football Italia iqtibos keltirmoqda.

Fikrlar