So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  1 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  5 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  4 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  7 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  5 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Valijon Rahimov: "Ikkinchi o'rin uchun uchta jamoa orasida kurash o'zining qizg'in pallasiga kirdi" Yangiliklar

Valijon Rahimov: "Ikkinchi o'rin uchun uchta jamoa orasida kurash o'zining qizg'in pallasiga kirdi"

Mirjalol Qosimov boshchiligidagi AGMK jamoasi Superliganing 23-turida Bekobodda "Metallurg" mehmoni bo'ldi.

Kuchli shamol va yomg'ir ostida kechgan uchrashuvda olmaliqliklar g'alabani tantana qildi. Mazkur bahsdan so'ng AGMK darvozaboni Valijon Rahimov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- "Metallurg" bilan o'yin haqida...

- Avvalambor assalomu alaykum. Bekobodda o'tgan Toshkent viloyati derbisida havo noqulay bo'lishiga qaramasdan maydonda haqiqiy jang kechdi. Azaldan bu ikki jamoa o'rtasidagi to'qnashuvlar murosasiz va qiziqarli bo'lgan. "Metallurg" yaxshi jamoa. Ularga keyingi bahslarda omad tilayman.

- AGMK tarixni yangilay oladimi?
- Ha, xudo xohlasa o'tgan yilgi natijani yangilash uchun harakat qilamiz. Hozirga kelib ikkinchi o'rin uchun uchta jamoa o'rtasidagi kurash qizg'in pallaga kirdi.



- Joriy yilgi mavsum jamoa uchun qanday o'tmoqda?
- Jamoamiz bu yilgi mavsumda yaxshi qatnashmoqda, deb o'ylayman. O'zbekiston chempionati va xalqaro maydonda katta tajriba to'pladik. "Al Garafa"ga qarshi pley-off uchrashuvi yoddan chiqmaydigan bo'ldi. Bu o'yindagi g'alaba bizga OCHL guruh bosqichiga yo'llanma berdi. Ilk bor bu ishni uddasidan chiqa oldik.

- Oldinda terma jamoamizni Gruziyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi kutmoqda. Srechko Katanec boshchiligidagi ikkita yig'inda ishtirok etdingiz. Uning talablari qanday?
- Srechko Katanec birinchi navbatda tartib-intizom bo'lishini talab qilmoqda. Maydonda va uning tashqarisida ham. O'rtoqlik uchrashuvlariga jiddiy qarashimiz kerakligini, har bir bahsga oxirgi marotaba chiqqandek yondashishimizni istamoqda. Tezkor paslar bilan oldinga o'tishimizni tushuntirmoqda.

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика