So’nggi yangiliklar

00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  0 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  0 00:03"Милан" ҳимоячиси Бельгияга йўл олди  0 23:46"Реал Мадрид" бошқа ҳеч кимни сотиб олишни режалаштирмаяпти  0 23:29"Челси"ни 12 нафар футболчи тарк этиши мумкин - барча номлар маълум  2 23:12Туркия. Турғунбоевнинг ягона голи "Сивасспор"га ўртоқлик ўйинида ғалаба тақдим этди  2 22:55Ўртоқлик ўйини. "Арал" Суперлига жамоасини мағлуб этди  4 22:27Венесуэлада ВАР томонидан белгиланган офсайд чизиғи муҳокамаларга сабаб бўлди  12 22:00"Челси" Сарр билан шартномани бекор қилди. Футболчи эркин агент сифатида "Ланс"га йўл олади  1 21:43"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз — 9 ёшли Диёрбек Равшанов  0 21:21Шерзод Эсанов “Андижон” мухлислари билан хайрлашди  9 21:02Испания ОТЖ бош мураббийи: "Бор эътиборимизни Ўзбекистонга қарши ўйинга қаратганмиз"  21 20:49Париж-2024. Ўзбекистоннинг Испанияга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  22 20:21Хёйбьерг "Тоттенхэм"дан "Марсел"га ўтди  3 20:00Расман: Мбаке — "Барселона" футболчиси!  5

Valeriy Karpin: "O'zbekiston terma jamoasining darajasi Sloveniya va Slovakiyaniki bilan teng deb o'ylayman" Yangiliklar

Valeriy Karpin: "O'zbekiston terma jamoasining darajasi Sloveniya va Slovakiyaniki bilan teng deb o'ylayman"

Teglar :  Valeriy Karpin
O'zbekiston hamda Rossiya terma jamoalari o'yinidan (0:0) so'ng mehmon jamoa ustozi Valeriy Karpin matbuot anjumanida ishtirok etdi.


- Birinchi bo'limda bir-birimizni o'rgandik. Tezkor hujumni o'tkazib yuborishdan qo'rqdik. O'zbekiston terma jamoasi bu narsadan yaxshi foydalanadi. Maydon markazida to'p yo'qotmaslikka urindik. Ikkinchi bo'limda yomon o'ynamadik. Golga yaqin edik. Bizning darvozamiz oldida esa hech qanday xavf bo'lmadi. Bazi kichik vaziyatlarni hisobga olmaganda, albatta. Umuman olganda yaxshi, o'zining kuchli jihatlarini biladigan jamoa bilan o'ynadik.

- Rossiya Tojikiston va O'zbekiston terma jamoalari bilan o'ynadi. Markaziy Osiyo futboli darajasiga qanday baho berasiz? Ikkinchi savolim, Pinyaevning o'yinidan qoniqdingizmi?

- Pinyaevdan boshlaydigan bo'lsak, u haqida hozircha xulosa qilishga erta. O'yinga qo'shilib keta oldi deya olmayman. Markaziy Osiyo futboli darajasiga keladigan bo'lsak, Tojikiston Kipr bilan deyarli bir darajada. O'zbekiston Sloveniya va Slovakiya bilan teng deb o'ylayman. O'zbekiston hammadan "kaltak eydigan" jamoa bo'lmasdi.

- To'p har safar SHomurodovga tushganida Jikiya uning oldida paydo bo'laverdi, Georgiy o'yindan oldin Eldorga "shaxsiy qo'riqchi" sifatida biriktirilganmidi? 

Savoldan tashqari, rus mediasi orqali bugungi o'yin haqida fikr bildirgan Roman SHirokovga alangalik salomlarimni yo'llamoqchiman. Birinchi liga rostan ham qiziq bo'lsa, yangi mavsumimiz bahorda boshlanadi...

- Yo'q, Jikiya Eldorga biriktirilmagan edi. SHomurodov Barinov yoki Litvinov zonasiga o'tganida o'sha hududga javob beradiganlar harakatga tushishdi. SHirokovga salom yo'llabsiz, yaxshi.

- Futbolchilarga tezkor gol urish borasida ko'rsatma berganmidingiz?

- Har bir murabbiy buni xohlaydi, biroq bor etiborni shunga qaratmagan edik.

- Bugun futbolchilar ko'zida azart, olovni ko'rmadim. Rossiya terma jamoasining potenciali yuqori ekanligini his qildim. Ko'p gol ura olishingiz mumkin edi. SHunchaki mashg'ulot o'yinimidi bu, yigitlarga shunday ko'rsatma berilganmidi?

- Albatta yo'q.

- Valeriy Georgevich, Rossiya terma jamoasi 2ta o'yinda gol ura olmadi. Bu sizni havotirga solyaptimi?

- Ha, ammo boshqa tomondan qaraydigan bo'lsak 2ta bahsda gol o'tkazib yubormadik. Raqiblarda deyarli vaziyat bo'lmadi. Har kuni mashg'ulot o'tkazadigan klublar ham bazida gol ura olmaydi, terma jamoalar esa ora-sirada yig'iladi. Futbolchilarimiz hozircha bir-birini juda yaxshi tushunmayapti. O'yinga bo'lgan munosabatdan qoniqyapman, ammo hujumdagi eng kerakli narsa yo'q.

- Qozog'istonlik hakam bazi vaziyatlarda xato qildi. O'zbekiston terma jamoasiga penalti bermadi, bu fikrga qo'shilasizmi?

- Yo'q, men boshqa, raqib jamoa murabbiyi boshqa fikr bildirishi mumkin. Tushundingiz deb o'ylayman.

- Nega bugun darvozada Selixov emas, SHunin turdi?

- CHunki Tojikiston bilan bahsda Selixov va Pesyakov bir taymdan darvozamizni qo'riqlashdi. Bu o'yinda SHunin darvozada turdi. Savollar menga emas, posbonlar murabbiyiga bo'lishi kerak.

- Rossiya terma jamoasi kelajakda ham O'zbekiston bilan o'ynashni reja qilganmi?

- Bu borada mening fikrim ijobiy, biroq hammasi menga bog'liq emas. Rossiya futbol ittifoqi va O'zbekiston futbol associaciyalari kelishishi kerak.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика