So’nggi yangiliklar

19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  3 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  6 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3 17:39"Ланс" "Челси" собиқ ҳимоячиси билан битим тузди. У Ҳусановга рақобатчи бўлади  3 17:15Тер Штеген – "Барса"да сардорлик учун асосий номзод  2 16:48"Хоразм" бир қатор футболчиларни сафига қўшиб олди  4 16:28"Манчестер Сити" янги мавсум учун захира либосини тақдим этди  1 15:59ФИФА Олимпиада ўйинларидаги воқеаларни текшириш учун эксперт тайинлади  1 15:34Тимур Кападзе: "Мисрнинг кучли томонлари ва имкониятларини яхши биламиз"  9 15:12Иброҳимҳалил ОТЖ лагерини тарк этди, унинг ўрнига бошқа ўйинчини қўшиш мумкинми? Кападзе жавоб берди  26 14:59"Манчестер Юнайтед" Уан-Биссакани Дюмфрисга алмаштирмоқчи  4 14:37Париж-2024. Ўзбекистон Мисрга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  9 14:15АПЛ клублари "Лион" ҳимоячисига даъвогар  1 13:50Симонс "Лейпциг" ва "Бавария"дан бирини танлади  1

Valeriy Karpin: Hozirgi Spartak kuchliroq Yangiliklar

Valeriy Karpin: Hozirgi Spartak kuchliroq

Moskvaning Spartak klubi sobiq bosh murabbiyi Valeriy Karpin o'tgan hafta Izvestiya nashriga intervyu berdi. Quyida ana shu suhbatni o'qishingiz mumkin.



- Karrera Spartakning o'yiniga qanday yangilik olib kirdi?


- Ko'p ehtiros, istak va kurash. Lekin bu jihatlar undan oldin ham bazan bo'lib turardi. SHaxsan men Spartakning qanday usulda o'ynayotganini tushunmayman. SHunga qaramay, jamoa yaxshi to'p surmoqda. Biroq aniq tasvir yo'q.

- Demak, natija muayyan o'yin uslubidan muhimroq ekanda?


- Siz aniq bir usulni ko'ryapsizmi? SHaxsan men ko'rmayapman. Jamoa ochiqmi, yopiqmi, hujumkormi, qanday o'ynayotganini aniqlab olish qiyin bo'lyapti.

- Ko'proq hujum qilishmoqda.


- Bunga qo'shilmayman. Hujumkorlik xuddi oldingidek. Aytaylik, Alenichev davrida ham shunday bo'lgan.

- Hozir Spartak faqat ehtiroslar tufayli yaxshi o'ynayaptimi?


- Albatta, alohida futbolchilarning mahoratlarini yoddan chiqarmaslik kerak. Boketti, Kombarov, Fernando, Glushakov, Promes, Popov, Zobnin kabilar bor. Ammo ularning ko'pchiligi oldin ham jamoa safida bo'lishgan. Spartakning bugungi natijasi futbolchilar mahorati va emociyalari mahsuli. Zenit yoki Rostovning qanday futbol namoyish qilishini ayta olaman. Biroq Karreraning jamoasi o'ynini hozircha tushunmayapman.

- Nima uchun Alenichevning ishlari yurishmadi?

- Buni bilmayman.

- U boshqarganda Spartakka nima etishmagandi?


- Hammasidan bir shingil.

- Dmitriy Anatolevich jamoani qabul qilib olganda, Spartak­ning sobiq murabbiylari, faxriylaridan maslahatlar olishini aytgandi. SHuningdek, sizning ismingizni ham tilga olgandi. U sizdan maslahat so'raganmidi?


- Yo'q, unday bo'lmagan. Alenichev bilan bu borada biror marta ham muloqot qilmaganmiz.

- Yosh futbolchilardan qaysilari o'zini ko'rsatyapti?


- Maydonga tushayotganlari. Murabbiy o'ziga dushman emas. Maydonga kuchlilarni tushiradi. Kutepov, Melkade, Zuevlar o'zlarini ko'rsatishga qodirlar. Lekin keling, jamoa tarkibiga nazar solamiz. Zuevning chizig'ida kim o'ynaydi? Popov, Promes. Agar Zuev o'shalardan kuchli bo'lganida asosiy tarkibda o'ynardi.

- Spartakdan klub tarbiyalanuvchilari tez-tez ketib qolishadi. SHu yozda jamoani Sergey Parshivlyuk va Pavel Yakovlev tark etishdi. Bunga munosabatingiz qanday?


- Oddiy hol. Jahon futbolining top-klublarida qancha tarbiyalanuvchilari o'ynayapti? Masalan, Realni olsak, faqat Morata bor. Uni ham avval sotib yuborib, keyin qaytarishdi. Atletik (Bilbao) tarkibida faqat basklar o'ynashi bilan mashhur. Lekin chuqurroq kavlasangiz, yarim tarkibning basklarga umuman aloqasi yo'q. Qaydandir Baskoniyaga daxldor bo'lgan bobo-momolarni topib olishgan.

- Spartakning qaysi transferini omadli deb hisoblaysiz?


- Ko'plarini. Aleks, Velliton, Emenike, Boketti, Glushakov, Kombarov... SHuningdek, Karioka transferini juda omadli desa bo'ladi. Hozirgi vaqt haqida gapirsam, Fernando, Promes, Zobnin... Balki qaysidir xaridlarni esga olmagandirman. Lekin haqiqatan ham muvaffaqiyatli transferlar ko'p bo'lgan.

- Ularning aksariyati hozir Spartakda emas. Buning sababi nimada?


- Aleks oilaviy muammolar tufayli ketdi. Velliton esa o'z ustida ishlamay qo'ydi. Emenike uchun yaxshi to'lashdi. Uning o'zi ham ko'proq maosh olishni istadi. Bu futboldagi oddiy hol.

- Karioka Spartakning so'nggi yillardagi eng yaxshi xaridimi?


- U shartnomasini ajoyib tarzda bajardi. Ikki marta ikkinchi o'rinni olib berdi. 19 yoshli yigitchadan yana nima talab qilish mumkin?

- Murabbiylik paytingizda qaysi futbolchi bilan ishlashda qiynalgansiz?


- Makgidi. Antiqa inson. U men birga ishlagan eng iqtidorli futbolchilardan biri. O'z navbatida, insoniy tarafdan eng og'ir odamlardan. SHunchalik iqtidor bilan chempionshipda o'ynab yuribdi. Makgidi Spartakda to'p surganida unga ochilishi uchun murabbiylar, muhit, Rossiya va qo'shnilar imkon berishmayapti deb, hisoblashardi. Aslida esa, u xarakteri og'ir inson.

- Ochilib ketolmagan eng iqtidorli futbolchi kim?

- Yana o'sha Makgidi va Kvinsi Ovusu-Abeye.

- Kim o'z imkoniyati darajasidan ham yaxshiroq o'ynagan?


- Aleks. Lekin faqat bir yil, xolos. Velliton bilan ham shunday holat ro'y bergan.

- Spartak harakat qilib qo'lga kirita olmagan qaysi futbolchi yakunda yulduzga aylangan?


- SHundaylardan biri Aksel Vitsel. U bilan muzokara o'tkazganimizda hali Belgiyada o'ynardi va endigina 19 yoshda edi. O'shanda Rossiyada o'ynashni istamagandi. SHuningdek, keyinchalik Doneckning SHaxtyoriga o'tib ketgan braziliyalik futbolchilarga ham qiziqqanmiz. Nima uchun SHaxtyor? SHunchaki, ular ko'proq pul to'lashgan.

- Biror-bir futbolchi bilan do'st­lik munosabatlarini o'rnatganmisiz?


- Yo'q, lekin ayrimlari bilan SMS yozishib turamiz.

- Nima uchun rossiyalik futbolchilar top-chempionatlarda o'ynashmaydi?


- Nega Evropada Rossiya avtomobillarini xarid qilishmaydi? Agar ularning bahosi 500 evro bo'lganida sotib olishlari mumkin edi. Futbolda ham shunday. Qolaversa, o'yinchilarning o'zlari ham ketishni istashmaydi. CHunki Rossiyada ikki baravar ko'p pul ishlab topishadi. Buning sababi nimada? Albatta, limitda.

- Bugungi Spartak 2009 yildagisidan kuchlimi?


- Albatta. Bir bosh ustun.

H. Masaidov tayyorladi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика