Valeriy Nepomnyashiy: "Ahmedovda kamchilik deyarli yo'q"
23 dek 2013 21:41
Yangiliklar


Valeriy Nepomnyashiy: "Ahmedovda kamchilik deyarli yo'q"
CSKA prezidenti maslaxatchisi Valeriy Nepomnyashiy "Paxtakor"da birga ishlagan "Anji" yarim himoyachisi Odil Ahmedovga tarif berdi.
- Men Odil Ahmedovni ideallashtirmoqchi emasman, ammo uning professional sifatlari haqida gapirsam, qandaydir kamchiliklar va kuchsiz tomonlarini ko'rmayapman, - deydi Nepomnyashiy "Izvestiya" nashriga. - Ahmedov maydon markazida deyarli barcha joyda o'ynay oladi, u ham tayanch yarim himoyachi, ham hujumkor yarim himoyachi rolini bajara oladi. SHaxsiy tomonlariga kelsak Ahmedov ajoyib inson. Yaxshi tarbiya ko'rgan, janjallardan holi, jamoadoshlari va murabbiylar bilan doim til topisha oladi. O'zbekistonlik futbolchi istalgan klub uchun yaxshi xarid bo'ladi. U Evropa klublarida ham o'ynay oladi.
Eslatib o'tamiz, bugun Odil Ahmedov yanvar oyida "Krasnodar" klubiga ko'chib o'tishi haqida xabarlar chiqdi.

Fikrlar