"Valensiya" Kopa Amerika sovrindorini o'z safiga qo'shib olishi mumkin
03 avg 2019 20:15
Yangiliklar


"Valensiya" Kopa Amerika sovrindorini o'z safiga qo'shib olishi mumkin
LaLiga vakili "Valensiya" perulik Luis Advinkulani sotib olishga yaqin turibdi.
Bu haqda AS nashri malum qildi. Manbaga ko'ra, transfer narxi 4 million evroni tashkil qiladi. "Rayo Valekano" futbolchisi o'tgan mavsum 28 ta o'yin o'tkazdi va klubi bilan Ispaniya quyi ligasiga ravona bo'ldi.
Yaqin soatlar ichida rasmiy xabar elon qilinish ehtimoli katta. Qayd etish kerak, Peru terma jamoasi himoyachisi Advinkula Kopa Amerika-2019 musobaqasida ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar