"Valensiya" Belgiya terma jamoasi futbolchisi bilan shartnoma imzolamoqchi
16 avg 2022 15:40
Yangiliklar


"Valensiya" Belgiya terma jamoasi futbolchisi bilan shartnoma imzolamoqchi
"Valensiya" "Lion" sobiq himoyachisi Jeyson Denayerga qiziqmoqda.
Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, ispan klubi 27 yoshli belgiyalik bilan muzokaralar olib bormoqda va u bilan kelishuvga erishishga yaqin.
Denayer 2018 yilning avgustidan 2022 yilning iyuniga qadar "Lion"da o'ynagan. U o'tgan mavsum 20ta o'yinda 3ta gol va 1ta assist qayd etdi.
Belgiya terma jamoasi futbolchisi o'tgan mavsum so'nggida erkin agentga aylandi va "Lion" u bilan bitimni uzaytirmadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar